Hozirgi kunda Axborot kommunikatsiya texnologiyalari hayotimizga shunchalik tez kirib kelmoqdaki, hatto biz ularga yetib olishga ulgurolmay qolmoqdamiz. Ammo biz - O'zbekiston Davlat Jahon Tillari Universiteti ingliz tili 1-fakulteti 125-guruh talabalari shu yil 2-semestr davomida axborot texnologiyalari haqida ancha narsalardan voqif bo'ldik va bunda AXBOROT TEXNOLOGIYALARI TIL O'QITISHDA fani dotsenti Aliyev Muxamadjon Choriyevich bizga ustozlik qildilar. O'quv jarayonida dasturlardan samarali foydalanish yo'llari ko'rsatildi, Darsdan tashqari mustaqil ishlarimiz uchun maxsus video roliklar bilan ta'minlandik. Har bir bajargan ishimiz namunalarini ustozimizga topshirib bordik va ular baholandi . Biz bu blogni o'rgangan dasturlarimiz haqidagi fikrlarimiz bilan o'rtoqlashishga harakat qildik. O'ylaymizki, ushbu blog sizlarga ma'qul keladi.
![]() |
| 125-guruh talabalari va ustozimiz Aliyev M. Ch !!! |
GURUHIMIZ A'ZOLARINING O'RGANILGAN DASTURLAR HAQIDAGI FIKRLARI
![]() |
| Muxlisa Raxmatova |
Salom! Power director dasturi meni hayratda qoldirdi. Sababi shuki, undagi effektlar, animatsiyalar, tasvirlar o'zgacha! Bu dastur har qanday android telefonlariga yuklab olinishi mumkin. Bu dastur har qanday vaqtda, har qanday holatda ishlash imkonini beradi. Ammo bir kamchiligi bu dastur pullik dasturdir. Bundan tashqari MS Excel dasturida ham ishlashni ancha o'rganib oldim. Bu dastur dagi ayniqsa formulalr bilan ishlash sohasi juda ajoyib. Bu har qanday hisob-kitob ishlarini osonlashtiradi, shunday emasmi?!
![]() |
| Kibriyo Akbarova |
Salom! Men Power Point dasturi bilan oldindan tanish edim. Lekin unda slaydlar yaratish, animatsiya va boshqa ishlarni qila olmas edim. Bu dasturni o'rganishimizni boshlaganimizda juda xursand bo'ldim va uni mukammal o'rganishga harakat qildim. Bu dasturning qulayliklari juda ko'p, ayniqsa har xil prezintatsiyalar yaratishda juda qo'l keladi. Bu dasturning menga eng yoqqan tomoni bu trigger bo'ldi, chunki u imkoniyatlarimizni yanada kengaytiradi va bolalarga dars o'tishda, mavzularni qiziqarli qilib tushuntirishda ham bizga ko'plab imkoniyatlar beradi.
![]() |
| Laylo Toshboyeva |
Salom! Power point dasturi prezintatsiya qilishda juda ajoyib va qulay dastur ekan. Undagi animatsiyalar betakror slayd yaratishda alohida ahamiyatga ega. Power Point dasturining funksiyalaridan foydalanib,dars uchun kerakli bo'lgan o'quv animatsion slaydlarni yaratish mumkin!!!
![]() |
| Davlatov Mahmud |
Salom! Men uchun hatto tushimga kirmagan ishlar ro'y bermoqda. Filolofiya fakultetida o'qishimga qaramay, axborot texnologiyalaridan unumli foydalanmoqdaman. Menga ayniqsa kliplar bilan ishlash juda maqbul keldi. Bunda men Ulead video studio dasturidan foydalandim. Natija ajoyib! Boisi, men birinchi asarimni yaratdim!!!
![]() |
| Urinova Nilufar |
Salom! Bilasizmi? Adobe Photoshop dasturi oddiylikdan mukammallik sari boshlaydi kishini. Buni o'rganyotganimda oddiy suratni mukammal darajadagi san'at asariga aylantirish imkoni borligini bilib oldim. Adobe Photoshop qulaylik tomon yetaklaydi.
![]() |
| Sarvinoz Esanova |
Salom! Ulead dasturi haqida eshitganmisiz? Demak, siz kadrlarda ifodalangan qimmatli daqiqalarni mukammalroq ko'rinishga keltirib ulgurgansiz. Men ham shu imkoniyatdan foydalanishni yaqindagina o'rgandim. Bu dastur juda ajoyib, hatto ilgari umuman ko'rmagan odam ham osongina o'zlashtira oladi.
![]() |
| Jonibekova Durdona |
![]() |
| Mamasalyev Abduvahob |
Salom! Ulead video studioda qirqish funksiyasi video tayyorlash jarayonida videodagi ortiqcha joyni qirqib olib tashlash imkonini beradi va klip yartishda asosiy vazifalardan birini bajaradi. Klip yaratish jarayonida shunga amin bo'ldimki, qirqish imkoniyatisiz biror video rolik yaratish mumkin emas, shunday emasmi?
![]() |
| Madina Eshpulatova |
Salom! Menga o'tilgan dasturlardan eng yoqqani Power Point dasturi bo'ldi. Ustozimiz bu dasturni bizga o'rgatishidan oldin menda bu dastur haqida tushuncha yo'q edi. Bu dasturni o'rganishda ozgina qiynaldim. Ammo adsturni o'rganganimdan so'ng uning qanchalik ko'p imkoniyatlari borligini bilib oldim. Slaydlar yaratish davomida rasm qo'shish orqali qanchalar fantaziyalar yaratish mumkin-a? Bu dastur menga juda ma'qul keldi, endi bu dasturda bemalol ishlay olaman.
![]() |
| Hilola Nurmatova |
Salom! Macromedia Flash dasturida biz shakllarni harakatlantiramiz. Umuman olganda, kichik kadrga obyektlarni multiplikatsion ko'rinishda ifodalaymiz. Shu dastur bilan ishlash jarayonida quyoshning nur sochishi va uning tabassum qilishi animatsiyasini yaratdim. Bu dasturni o'rganishda ma'lum qiyinchiliklarga uchrasamda, nihoyasida yaratilgan animatsiyani ko'rib, barcha qiyinchiliklar unutildi.
![]() |
| Yuldasheva Malika |
Salom! Biz AKT darsida juda ko'p qiziqarli mavzularni o'tdik. Bularning ichidan menga eng yoqqani Power Point dasturi bo'ldi. Chunki unda juda ko'p qiziq slaydlar yaratsa bo'ladi. Ayniqsa slaydlar yaratishda animatsiyalardan foydalanish qulay. Bu bilan biz o'zimiz namoyish qiladigan prezintatsiyani qiziqarli qilib berishimiz va yanada tushunarli qilib namoyish qilishimiz mumkin.
![]() |
| Sardor Jurayev |
Salom! Men Ulead dasturida ko'p funksiyalar bilan tanishib, mustaqil ravishda amallar bajardim. Bunda o'zim uchun foydali bo'lgan video kesish va subtitr qo'yish kabi biz uchun kerakali bo'lgan funksiyalarni o'zlashtirdim. Bu bizning ishimiz uchun juda ham qulay va mukammal dastur!!!
E'tiboringiz uchun raxmat!!!
![]() |
| Hurmat ila 125-guruh talabalari😊😊😊 |
Doim bizni kuzatib boring.
















Комментарии
Отправить комментарий